Takfir masalasida

Assalomu alaykum! Savolim takfir haqida. Bir davrada 2014 yilda chiqqan Iroq Shom Islom Davlati (IShID) haqida gap ketib insonlar bizni dinimiz sinovli dina deyishdi. Men ularga Terrorchilar ya’ni IShID islomda emas ular shunchaki dinni niqob qilib olib o‘zlarining terrorchilik harakatlarini olib borishgan deb aytib yubordim. Bu so‘zim Takfirga ya’ni biron insonni ochiqdan ochiq kofirga chiqarishga kiradimi? Shu gap og‘zimdan chiqishi bilan vasvasa boshlandi takfir aytding deb. Afsusdaman qilgan ishimdan javob bersangiz iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yo‘q kirmaydi, ular yo bilib yo ilmsizlik tufayli siz aytgan makrga ishonib aldanib yurgan odamlar. Ular haqida batafsil ma’lumot uchun ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning “Ochiq xat” deb nomlangan kitoblarini o‘qing. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 04:33 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar