Qarzdor bo‘lib qolmadimmi

Assalomu alaykum! Men yaqinda bir uzuk sotib oldim. Uzukning qog‘ozida ko‘rsatilgan grami 4.77gr edi. Sotuvchi uzukni o‘lchab ko‘rsatdi tarozida uzuk 4.83gr chiqdi. Sotuvchi uzukni plombasi borligi uchun shunday ko‘rsatyapti dedi. Keyin men 4.77 gr ga kelishib pul to‘ladim. Uzukni olganimdan keyin sotuvchi plombasini olib qayta o‘lchadi lek uzuk plombasiz ham 4.83 gr chiqdi. Men kelishib oldim deya boshqa pul to‘lamadim. Endi qo‘shimcha pul to‘lashim kerakmidi deb ikkilanib qoldim. Ortiqcha chiqqan gr menga halol bo‘ladimi. Men o‘sha sotuvchidan qarzdor bo‘lib qoldimmi deb o‘ylanyapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gramini tayin qilingan narx bo‘lsa qancha gramm chiqasa o‘shani berishingiz kerak. Kelishib olinglar. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 05:27 | Savol-javoblar | 185 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar