Qazo bo‘lmaydimi?

Assalomu alaykum! Bazida ayrim sabablarga ko‘ra asrni o‘z vaqtida o‘qiy olmayapman va shom kirib qolishiga oz vaqt qoladi yoki shom vaqti kirib qoladi. Shunda nima qilishim kerak? Ya’ni shom vaqti kirishiga oz vaqt qolgan bo‘lsayam asrni o‘qishim kerakmi Shunda Asr Qazo bo‘lmaydimi yoki shomni kirishini kutib avval shomni o‘qib keyin asrni qazosini o‘qishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vaqtida o‘qishga harakat qiling. Shomga azon chaqirilguncha asrni o‘qishingiz kerak. Shomni vaqti kirishiga asr qazo bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 07:39 | Savol-javoblar | 131 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar