Xalolmi yo xarom

Assalomu alaykum! Onam iqtisoslashtirilgan maktab internatida oshpaz bo‘lib ishlaydi 1 kunda 8 kishi 350ta o‘quvchiga ovqat tayyorlashadi. Ishlari og‘ir xam sog‘liklari yaxshi emas, oyliklari esa juda kam, 650ming. Uyga xar kuni kun ora praduktalardan olib keladi, bollarni xaqqini eyapmiz deb juda qo‘rqadi. Ammo boshqa yo‘limiz xam yo‘qdek go‘yo. Bu oziq ovqat maxsulotlari biz uchun xarommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Onangizning qiynalishi yoki kam maosh olishlariga rozi bo‘lib o‘sha erda ishlashlari haromni halol qilib qo‘ymaydi. Onangiz bilan sizlar bolalarni haqqini eyapsizlar ekan. Allohdan qo‘rqinglar. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 07:39 | Savol-javoblar | 177 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar