Ayol kimga itoat qiladi-erigami yoki ota-onasigami?
Assalomu alaykum! Men 7 yil avval birinchi ayolim bilan qonuniy, ham shar’iy ajrashib, 4 oy avval ikkinchi ayolga uylandim. Birinchi oilamdan 2 ta farzandim bor. Farzandlarim bilan ko‘rishib turaman. Ikkinchi marta uylanayotganimda bu haqida ayolimga aytganman. Qaynonam farzandlarim borligini bilardi, lekin ular bilan ko‘rishib turishimdan bexabar ekan. Bilganidan keyin oilamizda katta janjal bo‘lib, qizi, ya’ni hozirgi ayolim ota-onasini uyiga ketib qoldi. Qaynonam qizini men bilan yashatish niyati yo‘q, mendan qizi bilan ajrashishimni talab qilyapti. Mening ham, ayolimning ham ajrashish niyatimiz yo‘q. Ayolim qaytib boray desa, onasi oq qilaman deb qaytib kelishiga yo‘l qo‘ymayapti. Bunday holda ayolim nima qilishi kerak, menga itoat qilib qaytib kelsa onasiga oq bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Endi ayolingiz biron chorasini ko‘rsin. Onasiga itoat qilmasligi kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:03 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Endi ayolingiz biron chorasini ko‘rsin. Onasiga itoat qilmasligi kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:03 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush