Kirnachi
Assalomu alaykum! Men musofirchilikda ishlardim, uyga yaqinda qaytim. Qo‘shnimiz 70 kirgan ayol, oylasi bilan yaqin edik, odiy oyla bizga o‘xshagan. Bir yildan beri kirnachilik qilyabdi ekan. Singlim uymizga mehmonga kegandi, bolasi yig‘lab uxlamagan ekan, o‘sha qo‘shni kirna kirgan, ko‘z tekkan debdi. Uyga kesam qo‘lida tasbeh, kekirib, esnab, tasbehni bolaga ishqalab o‘tiribdi. Ozgina sabir qildim uyga kirib o‘tirib, keyin chidolmadim. Chiqib bu ish hato hola, bunaqa qimang qo‘shnimizsiz bu ish gunoh dedim. Hola ko‘z teganda, odamni suqi kirgan shunga yig‘layabdi, men buni chiqaraman, momolarimdan, enalarimdan qogan menga dedi. Men unga nomoz o‘qimaysiz, men masjidga boraman etda ko‘b aytadi domlalar, bu ish yaxshimasligini siz bilmaskansiz dedim. Uni jahli chiqib, sen shak keltirding dedi, men kimga shak keltiraman nima deyabsiz, qo‘shnimiz bo‘ganiyiz uchun, yoshiyiz katta bo‘gani uchun hurmat qilib aytayabman, bunday qimang dedim. U meni hafa qilding, sen shak keltirding ketdim dedida o‘rnidan turib ketdi. Men hafa bo‘mang bu ish yaxshimas boshqa bunaqa ishlar qimang qo‘shnimiz bo‘ganiyiz uchun aytayabman dedim. U xali ko‘ramiz bolalaring kasal bo‘ganda gaplashamiz dedi. Meni jahlim chiqib sizdaqa qo‘shnidan kechdim o‘rtamidagi eshikni olib bevor uraman dedim. U eshikni qatiq yopib gapirib gapirib ketdi. Men singlimniyam hafa qilib baqitib, so‘kdim. Savolim jahlim chiqib singlim bilan qo‘shni xolani xafa qib qo‘ydimmikan? Nima qigandayam nechi yilik qo‘shni, o‘zi uchun o‘zi javob berardi degan hayollar kelyabdi. Noto‘g‘ri ish qib qo‘ymadimmi? Bunday vaziyatda nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ulardan kechirim so‘rab roziligini oling. Sizni bunday ish tutishingizga haqqingiz yo‘q edi. Bunday qilib nasihat qilinmaydi. Nasihatni chiroyli qilib, ko‘ngliga tegmaydigan holda qilish kerak. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 11:48 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ulardan kechirim so‘rab roziligini oling. Sizni bunday ish tutishingizga haqqingiz yo‘q edi. Bunday qilib nasihat qilinmaydi. Nasihatni chiroyli qilib, ko‘ngliga tegmaydigan holda qilish kerak. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 11:48 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar