Bo‘lib to‘lashga olingan uyni ijaraga berish

Assalomu alaykum! 1. Bo‘lib to‘lashga olingan uyni to‘lov muddati tugamasdan daromad olish maqsadida ijaraga berish mumkinmi. Mumkin bo‘lsa ijara narxini erkin belgilaydimi yoki uyning bo‘lib to‘lanayotgan summasidan oshmasligi kerakmi? 2. Bo‘lib to‘lashga maishiy texnika sotib olib uni to‘lov muddati tugamasdan qimmatroq narxda naxt pul yoki bo‘lib to‘lashga sotish joizmi?(Masalan Shahardan olib tuman va qishloqlarda sotish) Javob uchun oldindan rahmat. Olloh barchamizni to‘g‘ri yo‘lga yo‘llasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Agar bunga taqiq qo‘yilmagan bo‘lsa, joiz. Ijara narxini erkin belgilaydi.2). Joiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 11:48 | Savol-javoblar | 176 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar