Tahorat uchun idish

Assalomu alaykum! Ijtimoi tarmoqda bir domlaning taxorat olishni o‘rgatganlarini ko‘rdim. Shunda ular taxorat olishda krandan suvni isrof qilmasdan aloxida idish qilganingiz maqul dedilar. Lekin 1001 fatvo kitobi taxorat bo‘limi 11-fatvoda masjidda muayyan bir joyni o‘zi uchun xoslab olish makruh bo‘lganidek, tahorat qilish uchun o‘ziga xos idish tutish ham makruhdir» deyilgan. Shu fatvodan maqsad nima? Biz suvni isrof qilmasdan makrux bo‘lsaxam idish tutganimiz afzalmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masala quyidagicha kelgan: وَيُكْرَهُ أَنْ يَخُصَّ لِنَفْسِهِ أناء يَتَوَضَّأُ بِهِ دُونَ غَيْرِهِ كما يُكْرَهُ أَنْ يُعَيِّنَ لِنَفْسِهِ في الْمَسْجِدِ مَكَانًا كَذَا في الْوَجِيزِ لِلْكَرْدَرِيِّ (الفتاوى الهندية) Masjidda o‘zi uchun bir joyni tayin qilib olish makruh bo‘lgani kabi  faqat o‘zi ishlatadigan, boshqalar ishlatmaydigan xos idish tutib olish ham makruhdir. "Vajiz" da shunday deyilgan. (Fatovoi hindiya).
Ya’ni boshqalar teginishi mumkin bo‘lmagan, faqat o‘zi tahorat uchun ishlatadigan, boshqalar “bu falonchini tahorat idishi” deb aytadigan idish qilib olish makruhdir. Chunki bunda riyo, sum’a ma’nosi bordir. Suv isrof bo‘lishini oldini olish uchun krandagi suvni bir idishga solib, undan tahorat qilish mutlaqo boshqa masaladir. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 12:21 | Savol-javoblar | 181 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar