Kifoya matinlari

Assalomu alaykum! Kifoya kitobining hayz bobida aytilishicha 10 kundan kam hayz ko‘rgan ayolga to u ayol g‘usl qilmagunicha yaqinlik qilish mumkin emas ekan. 2. Agar 10 kun bo‘ladigan ayol bo‘lsa uni hayzi to‘xtashi bilan yaqinlik qilsa bo‘lar ekan. Shularni to‘g‘ri tushundimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha, to‘g‘ri tushunibsiz. Lekin bu erda yana bir narsani esdan chiqarmaslik kerak. Ayol kishi odatda hayz ko‘radigan muddatidan oldin hayzi to‘xatasa, g‘usl qilib namozlarini o‘qiyveradi, ammo eri bilan yaqinlik qilmay turadi. Odatda hayz ko‘radigan kunicha vaqt o‘tguncha qayta hayz kelmasa, keyin yaqinlik qilsa bo‘ladi. Mabodo yaqinlik qilgandan keyin yana hayz kelib qolsa, er-xotin hayz vaqtida yaqinlik qilgan bo‘lib, kafforat to‘lashi kerak bo‘lib qoladi.  فَإِنْ جَامَعَهَا وَهُوَ عَالِمٌ بِالتَّحْرِيمِ فَلَيْسَ عَلَيْهِ إلَّا التَّوْبَةُ وَالِاسْتِغْفَارُ وَيُسْتَحَبُّ أَنْ يَتَصَدَّقَ بِدِينَارٍ أَوْ نِصْفِ دِينَارٍ Agar er harom bo‘lishini bilib turgan holida hoiza ayolga yaqinlik qilib qo‘ysa, zimmasiga tavba va istig‘for vojib bo‘ladi.
Hamda bir diynor (4.25 gr tillo) yoki yarim diynor (2.12.5 gr tillo) sadaqa qilib yuborishi mustahab sanaladi.  (Fatavoi Hindiya). Vallohu a’lam!

13 May 2022, 12:11 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar