Masjit ul xarom

Assalomu alaykum! Yaqinda inshaallax Saudiya arabistoniga ishga ketyapman, savolim shundaki men xaj va umra qilishimga moneliklar bo‘ladimi Saudiyada? Masalan xajga ro‘yxat asosida aloxida viza bilan boriladimi? Mayli agar xaj va umraga ruxsat etilmasa men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidlarida namoz o‘qimoqchiydim bungachi imkon bormi oddiy chet el fukarolari uchun? Masjitda kirgizishadimi yoki yo‘q?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Umraga ruxsat beriladi. Borib bemalol xohlagan masjidingizda namoz o‘qishingiz mumkin. Haj masalasida esa haj mavsumi yaqinlashganda o‘sha erdagilar bilan maslahat qilasiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 14:09 | Savol-javoblar | 184 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar