Har oyligimdan exson

Assalomu alaykum! Men xar safar oylik maosh olganimda shu oyligimdan ma’lum bir kismini exson kilaman deb niyat kilgan edim. 7-8 oydan beri bu exsonlarni masjidga yoki saxovat guruxi a’zolariga exson sifatida berib kelayotgan edim. Xozirgi kunda moliyaviy jixatdan ozgina kiynalib kolganligim sababli shu niyat kilgan exsonni oila azolarimga, ota-onamga, axli ayolimga yoki farzandlarimga bersam buladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. عنْ كُلَيْبِ بْنِ مَنْفَعَةَ قَالَ: قَالَ جَدِّي: يَا رَسُولَ اللهِ، مَنْ أَبَرُّ؟ قَالَ: أُمَّكَ، وَأَبَاكَ، وَأُخْتَكَ، وَأَخَاكَ، وَمَوْلَاكَ الَّذِي يَلِي، ذَاكَ حَقٌّ وَاجِبٌ وَرَحِمٌ مَوْصُولَةٌ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ فِي الْأَدَبِ Kulayb ibn Manfa’adan rivoyat qilinadi:
«Bobom: «Yo Rasulalloh, kimga yaxshilik qilay?» – dedi.
«Onangga, otangga, opa‑singlingga, aka‑ukangga va ulardan keyin keladigan yaqinlaringga, vojib haqdir va silai rahmdir», – dedilar».
Buxoriy «Adab»da rivoyat qilgan.
Demak, onaga, otaga, aka‑uka, opa‑singillarga, boshqa qarindoshlarga silai rahm, yaxshilik qilish, muhtoj bo‘lsa, yordam berish, hojatini chiqarish, nafaqa berish har bir mo‘min‑musmon uchun vojib amal hisoblanadi, buni qilmog‘i lozimdir. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 14:29 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar