Tushib qolgan pul

Assalomu alaykum! Men mashinamga yo‘lovchi mindirdim. Uning puli mashinamda tushib qolibdi. U yo‘lovchini umuman tanimayman. Pulni nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir yilgacha egasini topguningizcha saqlab yurasiz. Bir yildan keyin topilmasa faqir-miskinlarga o‘sha insonni nomidan sadaqa qilasiz. O‘zingiz ishlatishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 11:25 | Savol-javoblar | 122 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar