Savob umid qilsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Bir inson harom yoki shubhali bo‘lgan puliga arab tili harflarini va tajvidni o‘rgansa, Qur’on o‘qib savob umid qilsa bo‘ladimi (o‘qiganidan)? 2. Shu shubhali yoki harom puliga biron bir halol kasb o‘rganib so‘ng o‘sha kasb, hunardan daromad topsa halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haromdan topilgan pulni halol narsalarga ishlatish joiz emas. Uning hukmi birovdan nohaq olingan bo‘lsa, egasiga qaytarib roziligini olish. Egasi bo‘lmasa, savob umid qilmasdan faqirlarga berib yuborish. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 15:45 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar