Qarzdorga nima deyish kerak
Assalomu alaykum! To‘lashga puli bo‘la turib bermay cho‘zib yurgan qarzdorga so‘nngi so‘z sifatida nima desam bo‘ladi? Qiyomatda olaman desa bo‘ladimi? Qonuniy olishni ilojisi yo‘q ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qiyomatda olaman desangiz ham bo‘ladi. Oxiratda sizning haqqingiz undirib berilishiga hech qanday shak-shubha yo‘q. Lekin afv qilsangiz undan afzaliga erishasiz. Alloh taolo "Nahl" surasida marhamat qiladi: وَإِنْ عَاقَبْتُمْ فَعَاقِبُوا بِمِثْلِ مَا عُوقِبْتُمْ بِهِ وَلَئِنْ صَبَرْتُمْ لَهُوَ خَيْرٌ لِلصَّابِرِينَ Agar iqob qiladigan bo‘lsangiz, o‘zingizga qilingan iqobga o‘xshash iqob qiling. Agar sabr qilsangiz, albatta, u sabr qilguvchilar uchun xayrlidir.
Agar sizga tajovuz qilganlarni iqob qiladigan bo‘lsangiz: «...o‘zingizga qilingan iqobga o‘xshash iqob qiling.» Oshirib yubormang. Oshirib yuborsangiz, tajovuzkor bo‘lib qolasiz. «Agar sabr qilsangiz...» Tajovuzkordan o‘ch olmasangiz, uni afv etsangiz... «...albatta, u sabr qilguvchilar uchun xayrlidir.» O‘rni kelganda, sabr qilib o‘ch olmaslik ham xayr bo‘lib, Islomga foyda keltirishi mumkin.
(Nahl surasi 126-oyat). Vallohu a’lam!
2 Avgust 2022, 14:09 | Savol-javoblar | 177 | Dolzarb savollar