Mashina oldi sotdisi
Assalomu alaykum! Bir oy oldin mashina olib-sotar odamdan Malibu avtomashinasini sotib olgandim. Mashinani bosib o‘tgan kilometrini (probeg) orqaga qaytarilmaganmi deb so‘raganimda, sotuvchi yo‘q qaytarilmagan degan edi. Ustaga faqat kraskasi bor-yo‘qligini ko‘rsatdik, probegni gaplariga ishondim va tekshirtirmadim (chunki, shubhalanmadim, o‘zi ko‘p yurgandi). 10 kun oldin do‘stim mashina oldi, mashinasida probegi qaytarilgan ekan. Men ham bir tekshirtiraychi deb tekshirtirdim. Meniki ham 112 ming kilometr orqaga qaytarilgan ekan. Buni sotuvchi bilganmi yoki yo‘qmi menga qorong‘u. Mashinani nomimga o‘tkazib bo‘lganman. Pulni to‘liq berib "baraka" qilganmiz. Ularga biror da’vo qilmoqchi emasman. Ko‘nglim og‘rimadi. Savolim, men siz sotgan mashinani yurgani qaytarilgan ekan deb aytib qo‘ysam bo‘ladimi? Meni aldaganini men bilganimni bildirish uchun. Yoki indamaganim ma’qulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu aybni isbotlashga etarlicha dalilingiz bo‘lsa, boshqalarga bildirmasdan, faqat o‘ziga borib aytganingiz yaxshi. Keyinchalik o‘zi ham hushyor bo‘ladi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 20:14 | Savol-javoblar | 181 | Moliya va tijorat