Bibliyaga ishonuvchi musulmonman deydiganlar

Assalomu alaykum! Bibliya kitob bizi dinda 1ta namoz kitobichalik qiymatga ega emasligi xammamizga malum. Lekin shunaqa adashgan musulmonlarni ko‘rdim shu kitobni o‘qiyotganini yana “Quronda Tavrot va Injilga amal qilishga buyurilgan” deyishadi. U kitob asli yo‘q bo‘lib ketganini. Xozirgi Bibliya bir inson tomonidan yozilganligini anglashmayapti. Shunga dalillar keltirib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kundagi Injilni o‘zgartirib yuborilgan. Agar hozirgi kungacha ularning kitoblari o‘zgarmay kelganida edi, g‘ayridinlar albatta musulmon bo‘lishar edi. Chunki o‘zgartirishlaridan oldin kitoblarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqlarida bashoratlar bo‘lib, u zotga ergashishga buyurilgan. عن جابر رضي الله عنه عن النبي صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حين أتاه عمر فقال : إنا نسمع أحاديث من يهود تعجبنا ، أفترى أن نكتب بعضها ؟ فقال : أمتهوكون أنتم كما تهوكت اليهود والنصارى ؟ ! لقد جئتكم بها بيضاء نقية، ولو كان موسى حيا ما وسعه إلا اتباعي» . رواه أحمد، والبيهقيJobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga Umar kelib “Biz yahudiylardan hadis(hikoya va ma’ruza)lar eshitamiz” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Sizlar(o‘z diningiz haqida) yahudiy va nasorolar kabi shak shubhadamisiz? Men sizlarga ochiq-oydin, sof, xolis(din)ni keltirdim. Agar Muso tirik bo‘lganida menga ergashishdan boshqa narsa qilishi joiz bo‘lmas edi” dedilar».
Imom Ahmad va Bayhaqiylar rivoyati. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 20:28 | Savol-javoblar | 186 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar