Biznes reja va uni bajarib berishni kelishish

Assalomu alaykum! Men bir somsaxona biznesni rejasini ishlab chiqdim va unga logotip yasatdim brend nomini o‘ylab topdim, lekin uni uzim bajarishimga pulim yo‘q, uni misol uchun 3000$ ga e’longa quydim va haridor bilan kelishuvda yarim pulini oldindan berasiz 2 haftada o‘sha biznesni boshlab(ya’ni bir joyni arendaga olib, tandir va kerakli narsalarni joylashtirib), ishga tayyor qilib beraman, keyin yana yarmini berasiz, arendani uzingiz tulaysiz, biznesni ham uzingiz boshqarasiz, men faqat biznes rejani, ritseptni ishchiga urgatishni va somsaga kerak anjomlarni olib berib, biznesni boshlab beraman. faqat yarim pulini ishdan oldin yarmini ishdan keyin berasiz deb kelishsam va u bergan yarim pulidan usha ishga ketadigan harajatlarini to‘lab boshlab bersam va keyin qolgan yarmini olsam buladimi? shu kelishuv, savdo halol buladimi? ham brendni ham uni boshlab berishni bir savdoda gaplashishim ham tug‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shar’an mone’lik ko‘rinmayapti. Siz brend yaratib berishni alohida, uni yurgizib berish xizmatini alohida haq oling. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 22:03 | Savol-javoblar | 176 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar