Bomdod chiqqanmidi yoki qabul bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Bilamizki qadimda namoz vaqtlarini quyoshga qarab aniqlashgan hozir telefondagi elektron dasturlar orqali ko‘rishimiz ham mumkin. Savolim shuki, bugun bomdodga biroz kechikib o‘qiyotganimda, farzining o‘rtalariga kelganimda telefonim bomdod vaqti chiqqanlikni bildirdi. Man tugatib qo‘ydim oxirigacha. Shunda namozimni qayta o‘qishim kerakmi? Yoki bunchalik kichik muddat yani elektron soatning ko‘rsatgan vaqtidan biroz o‘tgani bilan quyosh chiqmagan bo‘laveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyosh chiqishi bilan namoz vaqti tugaydi. Telefoningiz bu vaqtni qanchalik to‘g‘ri ko‘rsatishini biz bilmaymiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 22:04 | Savol-javoblar | 170 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar