Ro‘za va sog‘lik

Assalomu alaykum! Men qoldirmay ro‘za tutib kelayotgan edim lekin bugun og‘iz yopish paytida 15 daqiqacha kech qolib yopdim, ko‘nglim juda g‘ash bo‘lib yurdim va kunning yarimida sog‘ligim chidamay ro‘zamni ochdim. Endi shu uchun ro‘zamning kafforatini tutamanmi yoki qazosinimi, lekin buni qasddan qilmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savol: Bilmagan holda subhi sodiqdan keyin taomlansa ro‘zasi durust bo‘laveradimi?
Javob: Yo‘q, ro‘zasi ro‘za bo‘lmaydi.فَهُوَ عِبَارَةٌ عَنْ تَرْكِ الْأَكْلِ وَالشُّرْبِ وَالْجِمَاعِ مِنْ الصُّبْحِ إلَى غُرُوبِ الشَّمْسِ بِنِيَّةِ التَّقَرُّبِ إلَى اللَّهِU (ro‘za) subhi sodiqdan to quyosh botgungacha Alloh taologa qurbat yaqinlik hosil qilish niyatida eb-ichish, jimo’ qilishni tark qilishdir. Fatavoi Hindiya.وَلَوْ تَسَحَّرَ عَلَى ظَنِّ أَنَّ الْفَجْرَ لَمْ يَطْلُعْ فَإِذَا هُوَ طَالِعٌ أَوْ أَفْطَرَ عَلَى ظَنِّ أَنَّ الشَّمْسَ قَدْ غَرَبَتْ فَإِذَا هِيَ لَمْ تَغْرُبْ فَعَلَيْهِ الْقَضَاءُ وَلَا كَفَّارَةَ Hali subhi sodiq kirmadi, degan o‘yda saharlik qilsayu, subhi sodiq kirib bo‘lgan bo‘lsa yoki quyosh botib bo‘ldi, degan hayolda iftorlik qilib yuborsayu, quyosh hali botmagan bo‘lsa, u inson zimmasiga o‘sha kun ro‘zasining qazosi lozim bo‘ladi. Kafforot emas. (Badoyi’). Vallohu a’lam!

13 May 2022, 22:36 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar