Qo‘shni bilan munosabat
Assalomu alaykum! Biz bir necha yildan buyon qo‘shnilarimiz bilan ahil-inoq yashab kelamiz, 1 yil oldin yonimizdagi uyga yangi qo‘shni ko‘chib keldi. Qo‘shnimiz ko‘chib kelishi bilan bir qo‘shni bilan janjallashdi.Biz bilan ham munosabati yaxshi emas. Uyimga bug‘doy, makka sochib qo‘yibsizlar deb biz bilan janjallashdi, bugun esa "vahimani uyasi" ni devordan tashlabsizlar deb tortishib chiqibdi, s’yomka qilib shantaj qilaman deydi, biz davlat tashkilotlarida ishlaymiz, Ollohim o‘zi guvoh, bunday shirk, kufr ishlarni qilishga iymonimiz yo‘l qo‘ymaydi, bo‘sh vaqtimiz ham yo‘q, iltimos, bizga yo‘l ko‘rsating, nima qilishni bilmayapmiz...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinimiz qo‘shnilarni ikrom qilishga, ularga hargiz ozor bermaslikka chaqiradi. Hadisi shariflarda ta’kidlanganidek, Jabroil alayhissalom qo‘shnilarga yaxshilik qilish borasida shunchalik ko‘p tavsiyalar berganlarki, hatto Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘shnilar qo‘shnilarga merosxo‘r bo‘lishi haqida hukm kelib qolarmikan deb o‘ylab qolganlar.عَنْ أَبِي شُرَيْحٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: وَاللهِ لَا يُؤْمِنُ وَاللهِ لَا يُؤْمِنُ وَاللهِ لَا يُؤْمِنُ، قِيلَ: مَنْ يَا رَسُولَ اللهِ؟ قَالَ: الَّذِي لَا يَأْمَنُ جَارُهُ بَوَائِقَهُ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَلَفْظُهُ: لَا يَدْخُلُ الْجَنَّةَ مَنْ لَا يَأْمَنُ جَارُهُ بَوَائِقَهُ.Abu Shurayh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Allohga qasamki, mo‘min bo‘lmaydi! Allohga qasamki, mo‘min bo‘lmaydi! Allohga qasamki, mo‘min bo‘lmaydi!» dedilar.
«Kim, ey Allohning Rasuli!» deyildi.
«Qo‘shnisi yomonligidan emin bo‘lmagan odam», dedilar».
Buxoriy va Muslim rivoyat qilganlar. Muslimning rivoyatida:
«Qo‘shnisi yomonligidan emin bo‘lmagan odam jannatga kirmaydi», deyilgan.
Sharh: «Bunda qo‘shnisiga yomonlik qilishni halol hisoblagan odam ko‘zda tutilgan», deyishadi ulamolarimiz. Bu hadisi sharifda ham qo‘shnining haqqi ulug‘ ekanligi targ‘ib qilinmoqda.
Qo‘shnilariga yomonlik qilib yuradigan, qo‘shnilari uning yomonligidan qo‘rqib turadigan odam jannatga kirmas ekan.
Ushbu hadisdan qo‘ni-qo‘shnilar bilan muomalani yaxshilash, ularga ozor bermaslikni o‘rganib olar ekanmiz.وَجَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَشْكُو جَارَهُ قَالَ: اذْهَبْ فَاصْبِرْ، فَأَتَاهُ مَرَّتَيْنِ أَوْ ثَلَاثًا فَقَالَ: اذْهَبْ فَاطْرَحْ مَتَاعَكَ فِي الطَّرِيقِ، فَطَرَحَ مَتَاعَهُ فِي الطَّرِيقِ، فَجَعَلَ النَّاسُ يَسْأَلُونَهُ فَيُخْبِرُهُمْ خَبَرَهُ فَيَلْعَنُونَهُ فَعَلَ اللهُ بِهِ وَفَعَلَ وَفَعَلَ، فَجَاءَ إِلَيْهِ جَارُهُ فَقَالَ: ارْجِعْ لَا تَرَى مِنِّي شَيْئًا تَكْرَهُهُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ «Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, qo‘shnisidan shikoyat qildi. Shunda u zot:
«Bor, sabr qil», dedilar.
U zotning huzurlariga ikki yoki uch marta keldi. Shunda u zot:
«Bor, matohingni yo‘lga tashla», dedilar.
Bas, u matohini yo‘lga tashladi. Shunda odamlar undan so‘ray boshlashdi. U ularga o‘zi haqida xabar bera boshladi. Ular esa «Alloh uni falon qilsin! Undoq qilsin, bundoq qilsin», deb la’natladilar. Shunda qo‘shnisi uning yoniga kelib:
«Qayt! Bundan keyin mendan o‘zingga yoqmagan narsani ko‘rmaysan», dedi».
Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:
1. Rahbarga qo‘shnidan shikoyat qilish mumkinligi.
2. Rahbar dastlab qo‘shnisidan shikoyat qilgan kishini sabrga chaqirishi kerakligi.
3. Qo‘shnidan o‘tgan ba’zi ishlarga sabr qilish lozimligi.
4. Qo‘shnining ozoriga uch marta sabr qilgandan keyin uning ustidan jamoatchilikka xabar berish mumkinligi.
5. Jamoatchilik aybdor qo‘shniga nisbatan o‘z g‘azabini bildirishi kerakligi.
6. Bilib-bilmay, qo‘shnisini norozi qilgan odam uzr so‘rab, qo‘shnisiga yoqmaydigan ishlardan o‘zini chetga olishi kerakligi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
14 May 2022, 01:08 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar