Pora va qarz

Assalomu alaykum! Alloh bilimingizni ziyoda qilsin, o‘qishga pora berib kirganlar oxirat kuni birovdan qarz olib qarzini uzmaganlar kabi bo‘ladilarmi? Axir pora berib kiradiganlar halol yul bilan kirmoqchi bo‘lib pora bermaganlarni haqqiga xiyonat qilgan bo‘ladiku? Birovni haqqini eganni gunoxini Alloh kechirmaydi deb o‘qigan edim.
2). Pora berib o‘qishga kirganlar kimning joyini noxaq olib qo‘ygan bo‘lsa o‘sha kishini izlab topib haqlarini uzadilarmi yoki Alloh pora gunoxini kechirib yuborishi mumkinmi? Bu erda jabrlanuvchi kim? Bu gunox Allohni xakkiga xiyonatmi yoki bandani haqqiga xiyonatmi?
3) Agar o‘tmishda shunday gunox qilgan bo‘lsa kishi nima qilishi darkor? Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ma’naviy qarzdor bo‘ladi. 2). Allohning haqqiga ham bandaning haqqiga ham xiyonat. Allohning haqqi, banda Unga gunoh qilmaslik kerak edi. 3). Allohga tavba qiladi. Bunday inson kimni haqqini eganini ham bilmaydi. Shuning uchun kimni haqqini poymol qilgan bo‘lsam meni ham uni ham mag‘firat qilgin deb duo qiladi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 12:40 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar