Dorilar vositasida biznes

Assalomu alaykum! KOENZIM QH degan dori bor ekan yaponiyada ishlab chiqarilgan ekan firmaning nomi beleever, dori dengiz marjonlaridan tayyorlangan emish. Bu dorini sotayotganlar Qur’oni karimda dori yoki dorining ichidagi giyohlar haqida malumot kelgan deb sotayotganmish va kimda kim ushbu doriga 10 ga yaqin haridor topsa bonus 8 ming dollor yoki mashina berarmish. Iltimos shu masalaga oydinlik kiritsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dorini tarkibini bilmaymiz. Ammo sotish uslubi tarmoqli marketing bo‘lib, Dunyo Musulmon Ulamolari Kengashi bu savdo turini harom deb fatvo berganlar. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 05:20 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar