Riboga o‘xshayapti

Assalomu alaykum! Kecha bir gap ustida baxslashib qoldik. Men biror tadbirkorlikka pul tikib. investitsiya qilib, u biznesdan foyda olsam gunoh bo‘ladimi? Ya’ni biznesga o‘zim qo‘shilmasam?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu sherikchilik deyiladi. Sherikchilik juda keng mavzu bo‘lib, uning bir qancha qonun-qoidalari, qayd va shartlari bor. Sherikchilik asosida biror ish boshlamoqchi bo‘lsangiz, unda noshar’iy ishlarga qo‘l urib qo‘ymaslik uchun albatta biror ahli ilmga uchrab yo‘l-yo‘riq oling. Vallohu a’lam!
Bu haqida ma’lumot olmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi linkdagi maqolani o‘qing:https://fiqh.uz/maqola/669

14 May 2022, 05:52 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar