Zirak va sunnat
Assalomu alaykum! Bir ayol menga ayollar zirak taqishi sunnat chunki taxorat va g‘uslda o‘sha teshikdan suv otishi uchun u teshik bitib qolishi kerak emas deb aytdi. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zirak taqmaganlarku desam Oisha onamiz taqqanlar dedi. Unda u sunnat bo‘lmasa kerak desam yo‘q sunnat xisoblanadi, Oisha onamizni gaplari xam qigan ishlari xam sunnat xisobida dedi. 1. Aytingchi ayollar zirak taqishi sunnatmi? Men anchadan beri zirak taqmay yuraman shuncha vaqt ichida qilgan taxorat va ibodatlarim qabul bo‘lmaydimi? 2. O‘sha ayol aytganidek Oisha onamizni xam aytgan va qilgan gaplari sunnatmi? Bizga yoshligimizdan faqat Payg‘ambarimiz gaplari va qilgan amallari sunnat deb o‘rgatishgan edi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sunnat ikki turli bo‘ladi:
1). Sunnatul huda. Uni tark qilish gunohkorlik va karohiyatga sabab bo‘ladi. Jamoat namozi, azon, iqomat va shular kabilar (misol bo‘ladi).2). Sunnatuz zavaid. Uni tark qilish bunga (gunohkorlik va karohiyatga) sabab bo‘lmaydi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning liboslari, turish, o‘tirishdagi (o‘zlarini tutishlari) kabilar (misol bo‘ladi). (Raddul muxtor)Ayollarning taqinchoq taqishi kabi amallar taqrir bilan sobit bo‘lgan taqdirda ham, yuqoridagi kabi sunnatuz zavaidlar sirasiga kiradi. Uni tark qilish bilan esa karohiyat sobit bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 05:52 | Savol-javoblar | 149 | Ayollarga oid masalalar