Boshliqqa olib berilgan narsalar

Assalomu alaykum! Boshliqlar uchun berilgan savol javobni o‘qib menda savol paydo bo‘ldi. Hurmatli hay’at a’zolari savolim quydagicha. Boshliq ish yuzasidan ishxonaga olinadigan narsalar yoki o‘zini manfati uchun biror bir ish aytsa ya’ni mablag‘ga qadaladigon (pulga). Boshliq aytgan narsani olib bersa (olib beruvchi oilasini rizqini kesib). Boshliqqa olib berilgan narsalarni xukmi qanday bo‘ladi? Qiyomat kuni pulni bexudaga sariflangani uchun javobgar bo‘lib qolmaymizmi? Boshliq uni olib kel buni olib kel desayu olib keluvchi ehson yoki sadaqa deb (ichida aytib bersa) bo‘ladimi? Bu dunyoda inson Allohdan qo‘rqish kerak. Boshliqdan qo‘rqani uchundir yoki ishidan ayrilib qolishidandir. Boshliqni aytgan xizmatini qiladi. Javob uchun sizlarga katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularning ishdan tashqari yuklagan vazifalari tilanish hisoblanadi. Tilamchilik harom amaldir. Fuqaholar “O‘rtaga tushib ishni bitirib bergani uchun olgan hadya ham poradir” deganlar. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 01:54 | Savol-javoblar | 174 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar