Ribo bo‘lmaydimi?

Assalomu alaykum! Bir qarindoshimizda mashina bor, lekin uni minadigan odam yo‘q. Akam u mashinani olsa va 1 yildan keyin ya’ni (o‘g‘li Rossiyadan kelganda) xuddi shunaqa holatdagi mashina olib bersa bo‘ladimi? Masalan, mashinani yili 2012  1 yildan keyin 2012 olib bersa yoki 2013 yildagi mashina olib berish kerakmi? Ular 2014 olib berasan deyabdikan. Unda ribo bo‘lib qolmaydimi? “Puliga bay qilib olib, o‘sha pulni 1 yildan keyin beray desa, ular yo‘q mashina olib berasiz” deyishyabdi. Shu holatda qanday qilsa ribo bo‘lmaydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Berayotgan mashinasidan ko‘ra qiymati ortig‘rog‘ini so‘rayotgan bo‘lsa joiz emas. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 05:52 | Savol-javoblar | 151 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar