Imomga ergashish va qasr namozi

Assalomu alaykum! 1) Ishxonada bir birodarimiz imomlikka o‘tib namozlarimizni o‘qib beradilar. Arabcha o‘qishni va tajvidni biladilar, qiroatlari chiroyli. Biroq aqidaviy masalalarda ayrim qarashlari meni shubxaga soldi. Qur’onda yozilganini bajaraman. Asl allohning buyrug‘i ham o‘shadir. Ibodatlarimizda xadislarga murojaat qilish shart emas. Xar qanday savolga echim Qur’onda borku deydilar. Shunaqa yondoshuvlari sababli "Sunnatni tark qilishning ziyoni yo‘q, gunoxkor bo‘lmaysizku baribir" degan qoidani ushlab olganlar. Ya’ni, xadislar orqali qur’onni o‘rganish shart emas. O‘zini o‘qib tarjima qilib tushunsa bo‘ladi deydilar. Shu insonga namozlarimda ergashsam bo‘ladimi? U kishini imom tutishim namozimga ziyon etkazmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha hadisni muhim emas deyayotgan odam odam tahorat va namozni vaqtlari, ruknlari suralarni o‘qish o‘qimasliklarni Qur’onni qaysi oyatidan bilib olibdi? Bu xatarli natijaga olib boradi. Shuning uchun ehtiyot bo‘lish kerak. Vallohu a’lam!

27 Avgust 2022, 14:26 | Savol-javoblar | 189 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar