Diniy haykal

Assalomu alaykum! Agar musulmon inson, boshqa din vakillarining diniy haykallarini yasab bersa, dindam chiqib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qattiq gunohkor bo‘ladi va quyidagi hadis hukmiga kiradi:حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ الْمُنْذِرِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، حَدَّثَنَا أَنَسُ بْنُ عِيَاضٍ، عَنْ عُبَيْدِ اللهِ، عَنْ نَافِعٍأَنَّ عَبْدَ اللهِ بْنَ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا أَخْبَرَهُ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَإِنَّ الَّذِينَ يَصْنَعُونَ هَذِهِ الصُّوَرَ يُعَذَّبُونَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ يُقَالُ لَهُمْ أَحْيُوا مَا خَلَقْتُمْAbdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo xabar qiladi: 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu haykallarni yasaydiganlar qiyomat kuni azoblanadilar. Ularga: «Yaratgan narsalaringizga jon kiriting!» deyiladi», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

14 May 2022, 12:56 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar