Farishtalar
Assalomu alaykum! Alloh xammamizdan rozi bo‘lsin. Bir gap eshitdim inson gunox ish qilsa farishtalar u gunoxni 3-soat yozmay turadikan. Agar shu vaqt ichida inson bu gunohi uchun istig‘for aytmasa keyin gunoxi yoziladikan. Shu gap qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri. Yozilgan narsani o‘chirtirib qo‘yish Alloh taoloning qo‘lida. Buni shart tavba qilish. Alloh taolo “Ro’ad” surasida marhamat qiladi: يَمْحُو اللّهُ مَا يَشَاء وَيُثْبِتُ وَعِندَهُ أُمُّ الْكِتَابِ 39. Alloh O‘zi xohlagan narsani mahv qilur va sobit qoldirur. Ona kitob Uning huzuridadir. Hasan Basriy rahmatullohi alayh ushbu oyatning tafsirida “Farishtalarga gunohni unuttirib qo‘yadi” deganlar. Bir rivoyatda “Alloh yomonliklar devonidan uning gunohini o‘chirib qo‘yadi” deyilgan. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 15:32 | Savol-javoblar | 146 | Aqiyda