Birovni xaqqini egan bo‘lmaymanmi

Assalomu alaykum! Man qandolatchilik bilan shug‘ullanaman, uyda zakazga tort pishiraman, ish tartibim: masalliklarni o‘zim sotib olaman, pishirib tayyorlab klientga nechpul bo‘lganini aytaman. Tort narxini ichiga (ishlatgan masalliqlarimni narxini kiritaman) xizmat xaqi olmayman. Ko‘p xolatlarda tort uchun sotib olgan masalliqlarim ozginadan ortib qoladi (qaymoq, shokolad, mevalar vaxo kazo), shu xolatda ortgan masalliklarni o‘zim uyda ishlatib yuboraman. Bu qilgan ishim brovni xaqqini egan bo‘lmaydimi? Chunki klientdan masalliqlarni pulini olamanku. Brovni xaqini egan bo‘lmaslik uchun, sotib olgan massalig‘im ortib qolsa, ularni klientga berib yuborsam shunda to‘g‘ri bo‘ladimi yoki masalliq narxidan ayirib tashlaganim maqulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘z pulingizga barcha masalliqlarni xarid qilib, ular bilan tort tayyorlab, so‘ngra o‘sha tortga narx belgilayotganda mijozga masalliqlarning narxini aytishingiz shart emas. Agar aytib sotadigan bo‘lsangiz ortib qolgan masalliqlarning qiymatini chiqarib tashlashingiz lozim. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 10:52 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar