Oldi soti

Assalomu alaykum! Men bir masalada o‘ylanib qoldim Men bir yaqin tanishimning qo‘lida ishliman oldi soti bo‘yicha tanishim 10 mingdan sotip olgin digan narsani men u klent bilan keliship 10 mingdan keliship arzon olaman klent rozi bo‘lip arzon beradi va 10 mingdan olgin degan tanishimga 10 mingdan oldim dip etaman foydasini o‘zimga olib qo‘yaman shu topkan pulim xaromi yoki xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘sha tanishingizning oldi-sotdi ishlari bo‘yicha vakilisiz. Biror buyumni sotib olish vazifasi yuklatilsa talab qilingan sifatdagisini eng maqbul narxda xarid qilishingiz lozim. Sizga tayinlangan narxdan arzonroqqa olsangiz ham o‘shani aytishingiz shart. Aks holda o‘sha tanishingizning haqqini egan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!Ushbu linkdagi maqolani o‘qing: https://fiqh.uz/maqola/690 

23 May 2022, 11:04 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar