Taqvodor bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Men iloji boricha gunoxlardan taqvo qilishga xarakat qilaman oldinlari aroq ichardim sigaret chekardim birovning ustidan kulardim xullas gunoxlarim ko‘p edi kegin ollox xidoyat berdi va bu ishlarimni tashladim xozirda safarda ishlayman 1oyda 1marta uyga borib kelaman ishga kelganimda 10 yoki 15 kun zo‘r yuraman kegin esa shaxvatim quzib ko‘z zinosi qilib qo‘yaman savolim shuki shunday inson taqvoli xisoblanadimi yoki xamma gunoxlardan saqlangan inson taqvoli xisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biror banda gunohdan omonda emas. Tavba bilan bandaning har qanday gunohlari kechiriladi. Ammo gunohga qo‘l urib, so‘ngra tavba qilgan mo‘min taqvodorlar safiga qaytadimi? Albatta qaytadi. Alloh taolo “Oli Imron” surasida marhamat qiladi:وَسَارِعُواْ إِلَى مَغْفِرَةٍ مِّن رَّبِّكُمْ وَجَنَّةٍ عَرْضُهَا السَّمَاوَاتُ وَالأَرْضُ أُعِدَّتْ لِلْمُتَّقِينَ133. Robbingizdan bo‘lgan mag‘firatga va kengligi osmonlaru ercha bo‘lgan, taqvodorlar uchun tayyorlab qo‘yilgan jannatga shoshiling.
Demak, Alloh taoloning mag‘firati va kengligi osmonlaru ercha bo‘lgan jannati taqvodorlar uchun ekan.
Kelasi oyatda mazkur mag‘firat va jannatning haqdorlari bo‘lgan taqvodorlarning sifatlari zikr qilinadi:الَّذِينَ يُنفِقُونَ فِي السَّرَّاء وَالضَّرَّاء وَالْكَاظِمِينَ الْغَيْظَ وَالْعَافِينَ عَنِ النَّاسِ وَاللّهُ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ134. Ular engillikda ham, og‘irlikda ham nafaqa qiladiganlar, g‘azabini yutadiganlar va odamlarni avf qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradir.
Allohdan bo‘lgan mag‘firatga va kengligi osmonlaru erchalik bo‘lgan jannatga sazovor bo‘lgan taqvodorlarning sifatlaridan biri:
«...engillikda ham, og‘irlikda ham nafaqa qiladiganlar».
Ya’ni, ular yaxshilik qilishda sobitqadam odamlardir. Hayotlari engillashib, hamma narsalari serob bo‘lib ketsa ham, hovliqib, haddilaridan oshib, fisq-fasodga berilib ketmaydilar. Balki o‘zlarini bosib, xayr-ehson, nafaqa qilishda bardavom bo‘ladilar. Shuningdek, boshlariga og‘irchilik kunlari tushsa ham, siqilib, o‘zlarini noqulay sezib, baxillik yo‘liga o‘tib olmaydilar. Balki nafaqa qilishda bardavom bo‘ladilar. Ularning taqvolari doimo ehsonga chorlab turadi. Baxillik va qizg‘anchiqlikdan qaytaradi.
Taqvodorlarning sifatlaridan yana biri:
«...g‘azabini yutganlar...»
G‘azabini yutish eng qiyin ishlardan hisoblanadi. G‘azab insonda turli munosabatlar ila qo‘zg‘alib turadi, uni jilovlab olish har kishining ham qo‘lidan kelavermaydi. Lekin bu og‘ir ishni taqvodor kishi eplashi mumkin. Ya’ni, qalbida taqvodorlik mavjud bo‘lgan insongina g‘azabdan g‘olib chiqa oladi.
Islomda g‘azabni yutish ulug‘ axloqlardan hisoblanadi. Qur’oni Karim oyatlaridan tashqari bu oliy sifatning maqtovi Payg‘ambarimizning hadislarida, salafi solihlarimizning ishlari va so‘zlarida o‘z aksini topgan.
Imom Ahmad rahmatullohi alayhi rivoyat qilgan hadisda kelishicha, bir kishi Payg‘ambar alayhissolatu vassalomga: «Ey Allohning Rasuli, menga nasihat qiling», dedi. U zoti bobarakot: «G‘azab qilma», dedilar. So‘ragan odam keyinchalik e’tirof etib, bunday deydi: «Rasullulloh alayhissalom shu gapni aytganlarida, o‘ylab ko‘rsam, g‘azab hamma yomonlikni o‘zida jamlagan ekan».
Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki, Payg‘ambarimiz alayhissolatu vassalom: «Kim (jazo berishga) qodir bo‘lib turib, g‘azabini yutsa, qiyomat kuni Alloh uni xaloyiq oldida chaqirib turib, hurlardan xohlaganini tanlab olishga imkon beradi», deganlar.
Mazkur taqvodorlarning yana bir sifatlari:
«...va odamlarni afv qiladiganlardir».
Bu sifat g‘azabni yutish sifatini to‘ldirib keladi. Chunki ishning chiroyli hol bo‘lishi uchun g‘azabni yutib qo‘yishning o‘zi kifoya emas. Olijanoblik ko‘rsatib g‘azabini yutgan odam bu olijanobligini tugal qilayin desa, aybdorni afv qila olishi, kechira bilishi ham kerak.
Imom Hokim rivoyat qilgan hadisda, «Kimki uning uchun jannatda binolar qurilishini va darajalari ko‘tarilishini xohlasa, zulm qilganni avf etsin, bermaganga bersin va orani uzganga silai rahm qilsin», deyiladi.
Ibn Kasir rahmatullohi alayhi Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar alayhissolatu vassalom: «Qiyomat kuni bir jarchi, odamlarni afv qilganlar qani! Robbingiz huzuriga ajringizni olgani keling, deb chaqiradi. Afv qilgan har bir musulmon jannatga kirishga haqlidir», deganlar.
«Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradir».
Yuqorida zikr qilingan sifatning sohiblari yaxshilik qiluvchi sanaladilar. Demak, ularni Alloh yaxshi ko‘rar ekan.
Keyingi oyati karimada mazkur taqvodorlar sifatlarining zikri yana davom etadi:وَالَّذِينَ إِذَا فَعَلُواْ فَاحِشَةً أَوْ ظَلَمُواْ أَنْفُسَهُمْ ذَكَرُواْ اللّهَ فَاسْتَغْفَرُواْ لِذُنُوبِهِمْ وَمَن يَغْفِرُ الذُّنُوبَ إِلاَّ اللّهُ وَلَمْ يُصِرُّواْ عَلَى مَا فَعَلُواْ وَهُمْ يَعْلَمُونَ135. Va ular fohisha ish yoki o‘zlariga zulm qilgan chog‘larida Allohni eslab, gunohlarini mag‘firat qilishni so‘rarlar, gunohlarini Allohdan o‘zga kim ham mag‘firat qilardi? Va ular, bilib turib, qilgan gunohlarida bardavom bo‘lmaslar.
Ma’lumki, taqvodorlik mo‘minlarning oliy darajasi hisoblanadi. Hozir o‘rganayotgan oyati karimamizda taqvodorlarga ulkan darajalar va’da qilinmayotir. Lekin ushbu oyatda fohisha ish yoki o‘ziga zulm qilgan odamlar ham taqvodorlar safidan o‘rin olishi mumkinligi aytilmoqda. Bu nimaga dalolat qiladi? Bu Islom dinining bag‘ri kengligiga dalolat qiladi. Bu Islomda insonning tabiatini nihoyatda chuqur bilib o‘ziga yarasha muomala qilinishidan dalolat beradi. Inson, nima bo‘lganda ham, insondir. Hayoti davomida turli qiyinchiliklarga, ig‘vo va chalg‘itishlarga uchraydi. Ba’zi vaqtlarda zaifligi tutib, havoyu nafsining so‘ziga kirib qo‘yadi. Bunday paytda darhol o‘ziga kelib, oyati karimada zikr etilayotgandek,
«Allohni eslab, gunohlarini mag‘firat qilishini so‘rarlar».
Xo‘sh, bularga qanday munosabatda bo‘lish kerak? Sen falon ishni qilib qo‘yding, bo‘ldi, endi umidingni uzaver, deyiladimi? Yo‘q! Islom tavba eshigini keng ochib qo‘ygan. Bandalik, ojizlik tutib ba’zi gunohlarni qilgan bo‘lsa ham, taqvodorlar safiga qo‘shilish imkoni bor. Faqat, bir sharti bor, u ham bo‘lsa:
«Allohni eslab, gunohlarini mag‘firat qilishni so‘rarlar» va
«...bilib turib, qilgan gunohlarida bardavom bo‘lmaslar».
Ana shundagina taqvodorlar safiga qo‘shilish imkoniyatidan mahrum bo‘lmaydilar. Ammo tavba qilmasalar va bilib turib gunohlarida yana davom etaversalar, bu imkoniyat ularga hech qachon berilmaydi.
Demak, bir marta, bilmasdan yoki zaiflik tutib, gunoh qilib qo‘ygan odam darrov tavba qilsa va gunohdan to‘xtasa, shundagina tavbasi qabul ekan. Bu qoida va mag‘firat bobidagi barcha oyat va hadislarga tegishlidir. Ba’zi nafsi buzuq odamlar o‘ylaganidek, og‘zida tavba qildim deb qo‘yib, qayta-qayta gunoh qilaveradiganlar bu hukmga kirmaydilar.
Imom Ahmad ibn Hanbal roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissolatu vassalom: «Gunoh qilgan har bir musulmon yaxshilab tahorat qilib, ikki rak’at namoz o‘qib, so‘ngra istig‘for aytsa, albatta, Alloh uni kechiradi», deganlar.
Kelasi oyatda mazkur taqvodorlik sifatiga ega bo‘lganlarning mukofotlari zikr qilinadi:أُوْلَئِكَ جَزَآؤُهُم مَّغْفِرَةٌ مِّن رَّبِّهِمْ وَجَنَّاتٌ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا وَنِعْمَ أَجْرُ الْعَامِلِينَ136. Ana o‘shalarning mukofotlari, Robbilaridan bo‘lgan mag‘firat va ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bo‘lib, ular unda abadiy qolurlar. Amal qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi!
Bandalarning taqvodorligi, og‘ir va engil paytlarda bab-barobar nafaqa qilishlari, g‘azabni yutishlari, odamlarga nisbatan kechirimli bo‘lishlari, gunoh qilsalar yoki o‘zlariga zulm etsalar, darrov o‘nglanib mag‘firat so‘rashlari, gunohda davom etmasliklari–ushbu sifatlarning mukofoti Allohning mag‘firatidir. Buning ustiga, qiyomat kunida:
«Ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bo‘lib, ular unda abadiy qolurlar».
Oyati karima so‘ngida kelgan:
«Amal qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi!», degan jumladan bilinib turibdiki, mazkur olimaqom mukofotlarga sazovor bo‘lgan kishilar amal-ish qilganlar. Quruq gap yoki ramziy ishlar bilan kifoyalanib qolmaganlardir. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
23 May 2022, 11:07 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar