Yoqimsiz holat
Assalomu alaykum! Men 5 mahal namoz o‘qiyman, ro‘za tutaman, sadaqa qilaman, nafl namoz o‘qiyman, umuman yolg‘on gapirmayman, jannatni orzu qilaman, islomni organaman, hatto ibodatlarimda ko‘zimga yosh keladi. Oxirgi 3-4 kun ichida tinchligim yo‘q. Hayolimga qo‘rqinchilik fikrlar keladi. Islomga tegishli bo‘lgan hamma narsalarga ikkilanib qarayabman. Bu narsalar odamlarni boshqarish uchun o‘ylab topilgan, hech qanday ilohiy narsa yo‘q va shu kabi ateistik hayollarga ko‘milib ketyabman. Iltimos meni bundan qanday chiqib ketish yo‘llarini o‘rgatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Odatda ba’zi odamlar uylarida qo‘riqchi itlar boqadilar. Biror begona kelsa, itlar xurib to‘polon qilib yuborishadi. Qanchalik jimitishga harakat qilinsa, xurishi shunchalik kuchayib boraveradi. Uni to‘xtatish uchun itning egasiga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Egasi “jim bo‘l” deyishi bilan it jim bo‘ladi. Xuddi shuningdek shayton ham Alloh taoloning itidir. U xurishni boshlaganida uni jimitishga harakat qilgan sari qarshiligi kuchayib boraveradi. Bunday holatda shaytonning Xoliqiga murojaat qilish kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam murojaat qilishning yo‘lini o‘rgatib, bunday paytlarda “A’uzu billahi minashshaytonir rojiiym”ni aytish kerakligini bayon qilganlar. Shunda Alloh taoloning O‘zi uni daf qiladi. Mashoyixlar ham “vasvasaning eng yaxshi davosi unga parvo qilmaslik” deganlar. Sizga shunaqa fikrlar kela boshlashi bilan tezlik bilan boshqa ishga mashg‘ul bo‘lishga harakat qiling. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 03:41 | Savol-javoblar | 149 | Ruhiy tarbiya