Iltimos yordam bering

Assalomu alaykum Shayx hazratlari. Hazrat sizga bir iltimosim bor edi, iltimos menga yordam bering. Bergan yordamingiz uchun oldindan katta rahmat.Hazrat meni anchadan beri ichimda bir narsalar qiynaydi. Masalan bir musulmonni hojatini chiqaray deb yaxshi ish qilsam yoki qilaman desam ichimda "ha yaxshi ish qilding, yoki ha zo‘r ish qilyapman" degan gaplar keladi va men buni manmanlik qilmayapmanmikin? deb gumonga boraman, o‘ylanaman. Nazarimda birorta ham xolis ibodat qilolmayapman. Nima ish qilsam darrov ichimda shubha gumonlar paydo bo‘ladi. Aytaylik o‘zimcha "bo‘ldi, endi taqvodor bo‘laman, taqvo qilsam keyin bular hammasi yo‘qoladi" deb urinsam, yana darrov taqvodorman degan manmanlik ichimda o‘tmayaptimikin deb gumonlar paydo bo‘ladi. Bulardan qutilaman, hadeb o‘ylamayman deb ko‘p urindim, lekin qutilolmayapman. Shu shubha va gumonlar, manmanlik va kibr bular hammasi meni ezib tashladi. Ba’zan bulardan qutilish qo‘limdan kelmayotganligi uchun judayam siqilib umidsiz bo‘lib ketaman. Hatto hidoyat yo‘lidan adashmadimmikan deb gumon qilib ham qolaman. Nima qilishni bilmay qoldim. O‘zimdan oshmay qolyapman Xazrat. Meni holimni o‘zimdanam yaxshiroq tushundingiz deb o‘ylayman.Xazrat bulardan qutilishim uchun va Alloh taologa xolis ibodat qilishim uchun nima qilishim kerak? Iltimos menga yo‘l ko‘rsating, yordam bering Hazrat...Alloh taolo rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Buni vasvasa deyiladi. Qilgan ishingiz shariatga to‘g‘ri bo‘lishidan boshqaga e’tibor bermang. Asta barcha ortiqcha narsalar yo‘qolib ketadi. Doimo “astag‘firulloh”ni aytib yuring.

3 May 2022, 23:30 | Savol-javoblar | 151 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar