Dinshunoslik fanida

Assalomu alaykum! O‘qishimizda «Dinshunoslik» fani o‘tiladigan bo‘lib, bu fanda turli dinlar haqida gapiriladi. Savolim shuki, boshqa dinlarning kufr amallari haqidagi ma’lumotlarni jim bo‘lib tinglash, ularni yozib olish joizmi? Bu ish «kufrga rozi bo‘lish ham kufr» qoidasiga tushadimi? Agar shunday bo‘lsa, qanday yo‘l tutsa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda “Naqlul kufri laysa bikufrin” degan qoida bor. Bu, kufr so‘zlarni naql qilib keltirish kufr emas, ya’ni “boshqa din vakillari falon, falon kufr so‘zlarini aytishadi” deb aytish kufr emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 146 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar