Ukamga ro‘za tutish farzmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Mening ukam hozir 14 yoshda. Alhamdulillh 5 vaqt namozini o‘qiydi. Endi ramazonning ro‘zasini tutish ham farzmi? Ma’lumotlarga qaraganda o‘g‘il bolalar birinchi ehtilomdan so‘ng voyaga etgan hisoblanar ekan va unga dindagi barcha farz amallar farz qilinar ekan! Mening ukam hali ehtilom bo‘lmagan. Shunga sizlarning maslahatingiz kerak! Mashshaqqatlaringiz uchun Alloh rozi bo‘lsin sizlardan.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Balog‘atga etmagan bo‘lsa farz emas. Ehtilom bo‘lganidan boshlab ro‘za farz bo‘ladi.
BALOG‘ATGA ETISh ALOMATLARI
O‘g‘il bolaning balog‘atga etganligining uch alomati:
1. Tushida bulg‘anishi;
2. Tushida bulg‘anmasada balog‘atga etmay uylangan bo‘lsa, maniy kelishi va ayolini homilador qilishi;
3. Ikki alomat topilmasa, o‘n besh yoshga to‘lishi bilan bolig‘ hisoblanadi.
Qiz bolaning balog‘atga etish alomatlari quyidagilardir:
1. Eng kami to‘qqiz yoshga kirganda hayz qonini ko‘rishi. Undan avval ko‘rgan qoni hayz hisoblanmaydi;
2. Tushida bulg‘anishi bilan;
3. Homilador bo‘lishi;
4. O‘n besh yoshga to‘lishi. Vallohu a’lam.

27 Aprel 2022, 17:07 | Savol-javoblar | 166 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar