Tahoratni buzadimi

Assalomu alaykum! Men bir necha yil avval gaymorit kasalligiga chalinib davolangan edim. Lekin shundan beri biroz shamollasam o‘sha kasallik yana bezovta qilmoqda. Kasslik vaqtida burundan oqadigan yiring tahoratni ketkazishini ushbu saytdagi savollardan o‘qib bilib oldim. Lekin menda kasallik vaqtida yutinganimada beixtiyor burun bo‘shlig‘idan yiringli ajralma tomog‘imga yutilib ketmoqda. Bu holatda ham tahorat buziladimi? Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buzilmaydi. Lekin u narsni yutmang. Muolajasini qiling. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:00 | Savol-javoblar | 181 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar