Erimning bu gaplari taloqqa kiradimi?
Assalomu alaykum! Turmush qurganimga 8 yil bo‘ldi. 1 nafar farzandimiz qizimiz bor. Boshqa farzand ko‘rolmayapmiz. Ikkimiz xam sog‘lom chiqyapmiz. Balki yana farzandlik bo‘lolmaganimizni tagida xam bir xikmati bordir deb o‘ylardim. Qizimga 6 oylik xomiladorlik paytimda oilaviy kelishmovchilik sabab turmush o‘rtogim dadamlarga "qizingizni ko‘chi bilan olib keting. Qiziz bilan yashamayman" deb aytganiydi. Shunday desa taloq tushadimi? Shunday so‘ng qizim 5 oylik chaqaloqligida kechirim so‘rab, bizni olib ketdi. Biz qayta nikox o‘qitmadik. To‘g‘risi xech kimni xayoliga kelmadi. Yashashda davom etdik. Yana arzimagan narsadan janjal chiqib yana “Sen bilan umuman yashamiman” deb uyidan yana xaydab yubordi, uyidagilari xam qarshilik qilmadi. Yana ota uyimda 1 oy turdim. Yana kechirim so‘rab olib ketdi. Ota-onam ketishimga qarshi bo‘ldilar. Man bitta bolamni etim qilmayman dib yana qaytdim. Erim 1 yil Rossiyada bo‘lsa 5-6 oy uyda bo‘lardi. Erimni chizgan chizig‘idan chiqmasiydim. Qaynonam, qayniotam xam mandan roziydilar. Mana yana 5 oydan beri ota uyidaman. Bu safar "bolang xam, o‘zing xam, qorningda bola bo‘gan bo‘lsa u xam kerakmas otangnikiga ket. Sanga javob ko‘chingni yig‘” dedi. Man xech qaerga ketmayman. Shu uy mani uyim dedim. Unday bo‘lsa men Senga begonaman, Sen menga begonasan deb aytdi. Man indamay xatto qaynonamga xam aytmay 10 kunlar erim bilan begonalarday yashayverdim. Chunki qayniotam xam qaynionamga ko‘p javob so‘zini aytardi. Erim xam shunday muxitda o‘sgan ekan. Men 5 vaqt namoz o‘qiyman. Erim o‘qimaydi. Taloq xaqida kitobdan o‘qib, qo‘rqib ketdim. Javob deyishlik boin taloqqa kirar ekan. Xar shu javob so‘zini aytganida taloq tushganmi? Qaynonamga erim men u so‘zni chin dildan aytmagan edim debdi. Tarbiya qilish maqsadida aytdim debdi. Idda saqlayman desam, kovid kasalligiga uchrab qoldim. Manda sal og‘irroq kechdi bu kasallik. Xar kuni ishdan kelib shu axvolimda xam ko‘p zulm qildi. Yana ota uyimga qaytib kelishga majbur bo‘ldim. O‘zi chet davlatga ketib qoldi. Kelib yana yarashaman, yashayman desa qanday yo‘l tutiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaytib yashamang. Namozxon inson bilan oila qurishni harakatida bo‘ling. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:10 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaytib yashamang. Namozxon inson bilan oila qurishni harakatida bo‘ling. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:10 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush