Oyoq kiyim bilan namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Ko‘p hollarda namozlarimni o‘qishda kursdoshlarim bilan o‘qiyman. Shunda joynamozni yoniga yozganimizda oyoqni erga qo‘yganimiz sababli ko‘p hollarda oyoq kiyimni echmasdan o‘qiymiz. Shunaqa qilsak to‘g‘rimi yoki oyoq kiyimni ham echib o‘qiylikmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oyoq kiyim najosatdan pok bo‘lsa va ichidagi astari to‘ng‘izning terisidan bo‘lmasa joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:46 | Savol-javoblar | 154 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar