Amakimni dada deyishim

Assalomu alaykum! Uz otam xayot bula turib amakimni dada deb chakirishim joizmi? Raxmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Dada deb chaqirishning ziyoni yo‘q, chunki bu o‘rinda majozan dada deyilgan bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir sahobiyga qarab “Otam va otang do‘zaxda” degan hadislarini shorihlar “otadan Abu Tolibni nazarda tutganlar” deyishgan. Ammo o‘z otasidan voz kechib boshqani otam deb da’vo qilish joiz emas. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 17:51 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar