Qur’on o‘qishdan to‘xtab qolish

Assalamu alaykum. Men Qur’ondagi Fajr surasiga etgan edim. Ustozim aytilarki Qu’ronni shu joyida ko‘pchilik to‘xtab qoladi shuning uchun shu suraga etganingizda ertalab shirguruch qilib yoki kimgadir shirinlik qilib berib duo oling bo‘lmasam siz ham to‘xtab qolasiz dedilar bu gap menga ozgina g‘alati tuyuldi shunga iltimos ustozimni bu gaplari qilishim to‘g‘ri yoki yo‘q?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ustozingiz o‘zining tajribasidan kelib chiqib aytgan bo‘lishi mumkin. Biror taomni edirishning ilmga ta’siri yo‘q. Har qanday savobli amallarni qilib, Alloh taolodan ilmda sobitqadamlikni so‘rayvering. Vallohu a’lam!

27 Noyabr 2023, 08:50 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar