Tahoratda tish qonashi

Assalomu alaykum! Tahorat olganimda og‘izga suv olib chayaman, qo‘llarim bilan tishlarimni ishqalayman. Shunda salgina milkim so‘riladimi og‘iz chayqagach qon sizib chiqib qoladi. Tupukka aralashganda ikkisini hajmi tengdek, shu holatda tahoratimga putur etib qolmaydimi? Muammo shundaki bu holat ko‘p bo‘ladi ramazonda ham og‘zimda suv qolmasli uchun suvlarni chiqarish uchun milkim ozgina so‘lirsa ham qonayveradi.  Hozir ham ozgina qon sizib chiqib qoladi bu holat davomiy bo‘lsa hukmi qanday bazida tahorat yakunlangach tupurganda qonaganini bilib qolaman shu holatda tahoratim durustmi iltimos shubhalarimga aniqlik kiritib bersangizlar. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qon chiqsa tahorat ketadi. Yangi tahorat olasiz. Milkdan chiqqan qon doimiy chiqib turadigan qon emas. to‘xtatib tahorat olaverasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:00 | Savol-javoblar | 186 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar