Pubg o‘yini haqida

Assalomu alaykum! Hozir ijtimoiy tarmoqlarda Pubg o‘yini ichida shirk borligi tasvirlangan vediorolik tarqaldi. Unda avatar bo‘lib shu o‘yinni o‘ynayotgan odam avatarni boshqaradi. Avatarni ham oddiy odamdan farqi yo‘q. Vedeoda o‘sha avatar bilan bir budnamo narsaning oldiga borayapti. Keyin avatar o‘sha budga "ibodat" qilayapti. Men u o‘yinni umuman o‘ynamayman. Ammo akam o‘ynaydi. Akamni u o‘yindan qaytishga da’vat qilsamda qaytmaydigan bo‘lsa akamni diniga nima bo‘ladi? Menimcha bu savol juda ko‘pchilikka muhim. Sababi afsuski, hozir bu o‘yin va boshqa o‘yinlar ham yurtimiz yoshlari orasida kun sayin ko‘paymoqda. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda shirkka rozi bo‘lish shirk, kufrga rozi bo‘lish kufr, gunohga rozi bo‘lish gunohdir. Butga ta’zim qilish har qanday holatda ham kufr hisoblanadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:00 | Savol-javoblar | 196 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar