Azon ham Iqomat ham aytilmasa

Assalomu alaykum! Men shu kungacha namozlarimda Azon ham Iqomat ham aytmagan ekanman. Bizga masjid ham yaqin emas namozlarim qabulmi? 2). Azon va Iqomat sunnat ekanini bildim va aytishga xarakat qilayapman. Lekin bizni uyda hechkim namoz o‘qimaydi va ovozim biroz xunukmi deb o‘ylayman. Shunday vazyatda Azon ham Iqomatni iloji boricha pastroq aytsam bazida qolganlarga eshitilmaydigon qilib aytsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Azon va iqomat namozni ado bo‘lish shartlaridan emas. Usiz ham namoz ado bo‘ladi, qabul qilish yoki qilmaslik Allohning ishi. Biz ham buni bilmaymiz. 2). Pastroq aytsa ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:03 | Savol-javoblar | 168 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar