Bomdod namoziga turib, keyin o‘qimay uxlab qolish

Assalomu alaykum! Men kecha bomdod namoziga turib, taxorat olib kelib, soatga qarasam, bomdod o‘qishga sal vaqtliroq ekan. "Xali vaqt bo‘lmaptiku, biroz kutaqolay" deb, o‘rnimga yotib, uxlab qolibman. Uyqudan tursam quyosh chiqishiga 10-15 daqiqa qolgan ekan, quyosh chiqay deb qolipti. Nima qilishga boshim qotib qoldida, keyin quyosh chiqib bo‘lgandan keyin qazo namoz deb o‘qiboldim. Men to‘g‘ri ish qildimmi? O‘shanda bomdod namozim qazo bo‘lgandimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Quyosh chiqishiga bir daqiqa qolgan bo‘lsa ham namozni farzini o‘qish kerak. Ba’zi hadislarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kim quyosh chiqishidan oldin bir rak’at o‘qisa quyosh chiqqandan keyin bir rak’atini o‘qisa bamdodni topibdi” deganlar. Mazhabimiz ulamolari bir rak’atini topolmasa qazosini o‘qisin deganlar. Aytmoqchi bo‘lganimiz shu holatda ham namozni o‘qisin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:35 | Savol-javoblar | 134 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar