Sajda qilmay jannatga kirgan saxoba

Assalomu alaykum! Men bir audio mav’izada eshitib qoldim. Unda Amr ibn Sobit degan saxoba bir marta xam sajda qilmay jannatga kirgan ekan. Shu rost gapmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U kishining asl ismlari Amr ibn Sobit ibn Vuqaysh (ko‘pincha Uqaysh, deb ishlatilgan). Laqablari “Usoyrim” bo‘lgan. Uhud g‘azotida shahid bo‘lganlar. U zot haqlarida ikki hadis kelgan. Ularni Abu Hurayra roziyallohu anhu va Husayn ibn Abdurrohman roziyallohu anhu Abu Hurayradan rivoyat qilganlar. Hadislarni Ibn Hajar Asqaloniy rohimahullohning “Isoba” kitoblaridan, Abu Dovud “Sunan”larida, Imom Tabaroniy “Mu’jamul-kabir”kitoblarida, Abu Nu’aym “Ma’rifatus sahoba” kitoblarida, Imom Hokim “Mustadrak” kitoblarida va Imom Bayhaqiy “Sunanul-kubro” kitoblarida, Muso ibn Ismoil rohimahulloh turuqidan rivoyat qilganlar. Isnodi “hasan”. Ibn Hajar Asqaloniy rohimahulloh  ham hasan deganlar. Imom Ahmad “Musnad”larida va Abu Nu’aym “Ma’rifatus sahoba”larida Ibn Ishoq turuqlaridan rivoyat qilganlar. Isnodi “hasan”. Ibn Hajar Asqaloniy rohimahulloh “Isoba” kitoblarida hasan deganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:29 | Savol-javoblar | 174 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar