Zararli xayollar

Assalomu alaykum! Menda Allohga bo‘lgan juda xam yomon fikr xayollar kelyapti. O‘qidim, odam idish xisoblanadi degan javobingizni. Men faxsh videolar ko‘rganim yo‘q, shunda xam kelaverayapti. Nima qilsa bo‘ladi?  
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tilingiz bilan aytib iqror bo‘lmasangiz gunohkor bo‘lmaysiz. “Robbig‘fir varham va anta xoyrurrohimiyn”ni ko‘p ayting. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ: جَاءَ نَاسٌ مِنْ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَسَأَلُوهُ: إِنَّا نَجِدُ فِي أَنْفُسِنَا مَا يَتَعَاظَمُ أَحَدُنَا أَنْ يَتَكَلَّمَ بِهِ، قَالَ: وَقَدْ وَجَدْتُمُوهُ؟» قَالُوا: نَعَمْ، قَالَ: «ذَاكَ صَرِيحُ الْإِيْمَانِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan bir necha kishi kelib, u zotga: «Ko‘nglimizga shunday narsalar keladiki, bularni aytishni juda og‘ir (gunoh) deb bilamiz», deyishdi. U zot: «Rostdan ham shunday bo‘lyaptimi?» dedilar. «Ha», deyishdi. U zot: «Ana o‘sha ayni iymondir», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Muslim"). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:30 | Savol-javoblar | 173 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar