Oq ip qora ip
Assalomu alaykum! Ustoz, men oldinlari qazo ro‘zamni tutmoqchi bo‘lganimda azondan 1 yoki 1.5 soat avval niyyat qilardim. Yaqinda Kifoya va Hadis va hayot kitoblarida “oq ip va qora ip” oyati hamda “Bilolning azoni sizlarni eb ichishdan to‘xtatmasin” degan hadisni o‘qib keyin, unda Ramazon taqvimlari nimaga kerak deb o‘ylanib qoldim. Savolimga javob topaolmay keyin bu Ramazon vaqtiga xos bo‘lsa kerak va islomda yaratilgan engillik bo‘lsa kerak deb namoz vaqti Muslim pro-da kirsa xam (chunki Koreya davlatida edim) ovqatlanaverardim. Bugun shu saytda “Og‘iz yopish vaqtidan sal o‘tganda qazosini tutasiz” deyilgan javobni o‘qidim. Men qazo ro‘zalarimni yana qazosini tutamanmi? Hozirda O‘zbekistondaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha, saharlik vaqti tugaganidan keyin ham eb-ichish o‘sha kungi ro‘zani buzadi. Siz o‘shanday qilib tutgan ro‘zalaringizni qaytadan tutib berasiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:30 | Savol-javoblar | 152 | Ro‘za