Ijarachini xaydab yuborish

Assalomu alaykum! Man joy ijaraga olganiydim. Har oy o‘z vaqtida ijara haqini to‘lab kelaman. Aprel oyi uchun ijarachi pul to‘lashimni so‘rayabdi. Man 20-martdan beri ishlamayamman, karantin bo‘gani uchun. U yo pul to‘laysan yo shu 3 kun ichida chiqib ketasan divotti. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ijaraga olganlar samoviy ofat tufayli ishdan to‘xtab qolsalar ijaraga bergan kishi ijara haqqini so‘rashi adolatdan emas. Mabodo ijaraga olgan kishi dangasalik qilib yoki ish yuritishni bilmay ijaraga olgan narsadan foydalana olmasa ijara haqqini to‘lashi shart. Masalan bir kishi uyni ijaraga olib, biror bir samoviy ofat ro‘y bermasdan u uydan foydalanmasa ham ijara haqqini to‘lashi kerak. siz aytgan holat ham samoviy ofat turiga kiradi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:38 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar