Tahorat bo‘ladimi yoki uzur soxibimi
Assalamu alaykum! Men tahorat borasida juda qiynalib qoldim va bu masala meni anchadan beri qiynab keladi, xattoki buni deb bazida namoz ham qolib ketadi. Men tahorat qilib bo‘lib olatni uchida bir oz suyuqlik ko‘raman (kam miqdorda) va keyin uni yuvib tashlab boshidan tahorat olaman. Lekin u narsa yana va yana qaytariladi. Shu tariqa tahoratni 2-3-4 marotaba qilaman va shunda ham o‘sha suyuqlik chiqaveradi. Bu meni juda kop vaqtimni va ishonchimni ketkazadi va namoz ham qolib ketadi. Bu ish masalan 10 marotaba tahorat qilsam 6 yoki 7 tasida bo‘ladi va qolgan 3 yoki 4 martasida u suyuqlik chiqmaydi. Hojat chiqsa ham chiqmasa ham bo‘laveradi. Men juda ham qiynalib qoldim. Bu suyuqlik tahoratni ketkazadimi? 2). Bu vaziyatda nima qilay? Xozirgi ahvoldan kelib chiqib qanday yo‘l tutay? Xozir ko‘chaga ham chiqib bo‘lmaydi. Qanday ibodatlarni ado qilay? (Iltimos yaxshilab chuntirib javob bering) 3). Xozir men soxibi uzur xisoblanamanmi? Lekin u suyuqlik 10tadan 6-7tasida chiqadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Birichidan uni yuvish shart emas. 2). O‘sha teshikka paxta yoki qog‘ozni maydasini tiqib olsangiz bitta tahorat bilan xohlagancha namoz o‘qiyverasiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:39 | Savol-javoblar | 154 | Tahorat